TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Norvegiyadagi "Norway Chess" turnirining 3-turida fransiyalik Alirizo Firudjaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Hozirda Abdusattorov 10 nafar shaxatchilar orasida 6-o‘rinda ketmoqda. Oldinda yana 6 tur kutib turibdi.
Nodirbek Abdusattorov i Shaxriyar Mamedarov sigrayut v chetvertom raunde Norway Chess
© Norway Chess
Turnirning keyingi bahsi 3-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Abdusattorov ozarbayjonlik Shahriyar Mamedarovga qarshi dona suradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Norvegiyaning Stavanger shahrida bo‘lib o‘tayotgan eng nufuzli klassik shaxmat turnirlaridan biri bo‘lgan “Norway Chess” musobaqasida ishtirok etmoqda. Abdusattorov turnirning 2-turida qora donalarda mezbon Aran Tarini mag‘lubiyatga uchratdi. (1.0/6 ; 4.0/6).
Musobaqa 9-iyunga qadar davom etadi. Uning sovrin jamg‘armasi 2,5 million kronni tashkil etadi (taxminan 243 ming dollar). G‘olib 750 ming kron (taxminan 67,6 ming dollar) oladi.