Mirziyoyevga ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchi tayinlandi

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga direktor tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Mansurbek Olloyorov O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi.
Qayd etilishicha, Mansurbek Polvonzoda Olloyorov O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bundan oldin prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbarining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.