TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahriga keldi. Davlat rahbarini Qirg‘iz respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov kutib oldi.
Aeroportda davlat rahbarini Qirg‘iziston prezidenti Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun Cho‘lponotada ikkinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqa mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari o‘rin olgan.