Hududlarning ekologik pasporti va reytingi joriy qilinadi

2024 yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash bo‘yicha indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi shakllantiriladi
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda hududlarning ekologik pasporti va reytingi joriy qilinadi. Bu prezidentning 31-may kuni imzolagan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish borasidagi farmonida nazarda tutilgan.
Hujjat bilan, 1-dekabrgacha tumanlarda (shaharlarda) atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar o‘rnatiladi.
2024 yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash bo‘yicha indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi shakllantiriladi va har bir hududning ekologik pasporti e’lon qilinadi.
2025 yil yakunigacha esa respublika hududi bo‘yicha atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori bo‘lgan hududlarni prognozlash va aholini barvaqt ogohlantirish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi.