Bayden yana qoqilib yiqildi — video

Bayden AQSh Harbiy-havo kuchlari akademiyasining bitiruv marosimida yiqilib tushdi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Koloradodagi AQSh Harbiy-havo kuchlari akademiyasi kursantlariga diplom topshirish marosimida yiqilib tushdi.
Videoda Oq uy rahbari minbarda turganida oyoqlari ostidagi qutiga qoqilib, yiqilib tushgani aks etgan.
Soqchilar amerikalik yetakchini oyoqqa turishiga yordam berishdi.
Olingan ehtimoliy jarohatlar haqida ma’lumot hozircha berilmadi, biroq keyinroq Oq uy jurnalistlarining xabar berishicha, siyosatchi Koloradodan qaytgach, vertolotdan chiqib ketayotganda boshi bilan urilgan.
Bu yil 81 yoshni qarshilagan Jo Bayden AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi. Yaqinda u bir necha marta qoqilib ketdi yoki yiqildi, havo bilan qo‘l berib ko‘rishdi yoki sahnada adashib qoldi.