Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori adliya vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Sherzod Mirjalilovich Rabiyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Sherzod Rabiyev shu kunga qadar Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan adliya vaziri o‘rinbosarlari Aktam Muhammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Rabiyev 1984-yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.