TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. AQSh Milliy Xavfsizlik Kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Rossiya armiyasini "tiz cho‘ktirishi" kerak bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlarining keng e’lon qilingan "qarshi hujumini" qachon kutish kerakligini aytdi: hujum, albatta, shu yozda boshlanadi.
Aftidan, janob Kirbi ungacha "eshak o‘ladi yo amir" qabilida ish tutmoqda. Chunki xudday shunday muvaffaqiyat bilan Ukraina "qarshi hujumini" kelgusi bir yil ichida yoki yaqin besh yillikda deb e’lon qilishi ham mumkin edi.
G‘arb yetakchilarining Ukraina "qarshi hujumi" haqidagi bayonotlariga diqqat bilan quloq solsa, ular faqat dastlabki qarashda go‘yoki qat’iy va ishonchli eshitiladi. Vaziyatdan yaxshi xabardor bo‘lmagan kishi uchun bu gaplar real imkoniyatlar bilan ta’minlangan aniq rejaga o‘xshaydi.
G‘arbdagi yetakchi OAVlarda muntazam chiqayotgan sarlavhalar esa ilojsizlik vasvasasiga o‘xshaydi:
1 may: "Ukraina hal qiluvchi qarshi hujumga tayyorlanmoqda";
9 may: "Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi qarshi hujumga umid qilmoqda";
12 may: "Ukrainaning qarshi hujumi: urushda hal qiluvchi daqiqa yaqinlashmoqda";
27 may: "Ukrainaning muvaffaqiyatli kampaniyasi Putinni to‘liq mag‘lubiyatga uchratishi mumkin";
28 may: "Ukraina uzoq kutilgan hujumni boshlashga tayyor";
29 may: "Eksklyuziv: Ukraina Baxmut hududida qarshi hujumga tayyorlanmoqda";
30 may: "Ukrainaning halokatli zarbasi tayyor."
Biz G‘arb isteblishmenti to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita, rasman, norasmiy tarzda, yon tomondan, yuqoridan va butunlay yuzma-yuz bo‘lib, Ukrainadan g‘alabali "qarshi hujumini" talab qilgan va talab qilishda davom etayotganini ko‘ramiz. Ularning barchasi aytishiga ko‘ra, bunga biroz qolgan – lekin biroz qolganiga ham ancha bo‘ldi va uningya yaqinlashayotgani kuzatilmayapti.
Bundan tashqari, Ukraina rasmiylari har qanday yo‘l bilan "qarshi hujum" vaqtini cho‘zishga, minglab bahonalar o‘ylab topmishgaharaka qilmoqda: yo ularga yuzlab (soni aniq) tanklar kerak, yoki Amerika samolyotlari kerak, yo yana ko‘proq vaqt kerak va hokazo.
Lekin G‘arb kreditorlari Ukrainaga vaqt kam qolganini ko‘rsatmoqda, maxsus xizmatlar ukrainalik amaldorlarni komprmatlar bilan qo‘rqitmoqda, harbiy maslahatchilar esa ularni bevosita orqasiga tayoq bilan urib jangga kirishga undamoqda.
Kecha esa Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaga "qora belgini" ko‘rsatdi: “Agar qarshi hujum muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, G‘arb Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash masalasini qayta ko‘rib chiqadi”.
Zelenskiy, Sirskiy, Podolyaklar va Zalujniyning arvohlari nima qilishi kerak?
Shu vaqt kimningdir kallasiga - ehtimol Ukraina razvedkasi boshlig‘i rahbari Budanovga - kuratorlar maslahati bilan, ajoyib g‘oya keldi: agar yerda qarshi hujumning iloji bo‘lmasa, keling Internetda qarshi hujumga o‘tamiz.
Ushbu ajoyib g‘oyani amalga oshirish jarayonida qarshi hujum niqobi ostida qator PR aksiyalar o‘tkazildi. Ular orasida bir necha diversion guruhlarning Rossiya hududiga kirishi, Rossiyaning chegara hududlarini o‘qqa tutish va dronlar to‘dasining Moskvaga hujumi va hokazo. G‘arb OAVlarida aynan mana shular baland ovozda qarshi hujum deb nomlandi.
Lekin harbiy (strategik) nuqtayi nazardan bu hujumlarning foydasi nolga teng va G‘arbda buni qarshi hujum sifatida qabul qilishlari amrimahol. Aynan Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar "Rossiya hududiga (Ukrainaning) terrorchilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlamaydi". Bu so‘zlar, albatta, befoyda, ammo ular Ukrainaning "qarshi hujum" uchun sarflagan ko‘p milliard dollarlik xarajatlari haqidagi hisoboti qabul qilinmasligini anglatadi.
Rossiya esa, Ukraina rasmiylarining jang maydonida qo‘lidan hech narsa kelmaganidan so‘ng, tinch aholiga terrorchili hujumi amalga oshirganini eslab qoladi, va ularning harbiy jinoyatlari ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yadi. Vaqti kelganda ular buning uchun to‘liq javob beradi.
Rossiya jamoatchiligida ham so‘nggi voqealardan keyin Ukrainaga xuddi shunday javob qaytarishni talab qilayotgan ovozlar eshitilmoqda, lekin Rossiya Ukraina emas, biz terrorchilarga teng bo‘lmaymiz, biz tinch aholiga hujum qilmaymiz.
Yaqinda AQSh rahbariyatiga ularning yetakchi maslahatchilari - RAND korporatsiyasi va Yangi Amerika xavfsizligi tahlil markazining yopiq hisobotlari taqdim etildi. Unda aytilishiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarini NATO standartlari bo‘yicha tayyorlash va Ukrainani eng zamonaviy G‘arb qurollari bilan ta’minlash Rossiya Qurolli kuchlari uchun foydali bo‘lmoqda. Chunki ular Ukrainada G‘arb harbiy texnikasi va NATO operativ nazorati tizimi va harbiy taktikasiga qarshi jang qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Xullas, ruslarda NATOga qarshi kurash tajribasi paydo bo‘lmoqda, NATOda esa bunday imkoniyat yo‘q. Shuning uchun ham "ruslarni o‘qitishni darhol bas qilish kerak", - deyiladi aql markazlari xulosasida.
Ukraina Qurolli kuchlarining "qarshi hujumiga" kelsak, u G‘arb ommaviy axborot vositalarida chiroyli sarlavhalar ko‘rinishida qolib ketadimi yoki Kiyevdagi to‘da shu yozda, shu kuzda yoki shu asrda o‘z joniga qasd qilib hujumga o‘tishga qaror qiladimi yo‘qmi bu — maxsus operatsiyaning maqsad va vazifalariga ta’sir qilmaydi.