Rossiya FXX AQShning diplomatlar ortidan josuslik qilayotgan dasturini fosh qildi

FXX AQSh razvedka xizmatlari Rossiya, MDH, Xitoy, Suriya, Isroil va boshqa qator davlatlarda diplomatlar ortidan Apple qurilmalari orqali josuslik qilayotganini aniqladi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Rossiya kontrrazvedkasi minglab Apple telefonlarida, jumladan, Moskvadagi xorijiy diplomatlarga tegishli telefonlarda ham AQSh razvedka xizmatlarining yashirin dasturi o‘rnatilganini aniqladi, deb xabar berdi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX). RIA Novosti xabariga asosan.

“Rossiya telekommunikatsiya infratuzilmasi xavfsizligini ta’minlash jarayonida faqat Apple mobil telefonlariga xos bo‘lgan anomaliya (g‘ayrioddiy holat) aniqlandi. Bu anomaliya ishlab chiqaruvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan dasturiy zaifliklar tufayli noma’lum dasturlarning ishlashi natijasida yuzaga kelgani aniqlangan”, — deyiladi xabarda.

Rossiyalik abonentlardan tashqari Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalarda ro‘yxatdan o‘tgan SIM-kartalar, jumladan, NATO davlatlari, sobiq ittifoq respublikalari, shuningdek, Isroil, Suriya va Xitoydagi diplomatlar telefonlarida ham virus aniqlangan.
FXX ma’lumotlariga ko‘ra, olingan ma’lumotlar Apple va Amerika razvedka hamjamiyati, xususan, Milliy xavfsizlik agentligi (ANB) o‘rtasidagi yaqin hamkorlikdan dalolat beradi. Shunday qilib, "kompaniya tomonidan e’lon qilingan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiylik siyosati haqiqatga mos kelmaydi".
Apple Amerika razvedka xizmatlarini qiziqtirgan Oq uy va fuqarolari haqida har qanday shaxsni nazorat qilish uchun keng imkoniyatlar ochib bergan, deb xulosa qildi Rossiya FXX.