Lukashenko MDH mamlakatlari uchun asosiy tahdidni ma’lum qildi

Belarus yetakchisi MDH atrofidagi harbiy-siyosiy vaziyat tobora keskinlashayotganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Bugungi kundagi asosiy tahdidlardan biri axborot-ruhiy ta’sir ko‘rsatish, ataylab yolg‘on axborot tarqatishdir. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo mamlakatlar maxsus xizmatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
Lukashenkoning fikricha, bunday xatti-harakatlarning maqsadi xalqaro maydonda MDH mamlakatlari obro‘siga putur yetkazish bo‘ladi.
Belarus rahbari G‘arbning axborot monopoliyasi, xususan, internet, ijtimoiy tarmoqlar va xalqaro OAVlar ustidagi nazorati bunga ko‘maklashishini ta’kidladi.
“MDH atrofidagi harbiy-siyosiy vaziyat tobora keskinlashmoqda, va yana keskinlashadi. Bizning - Rossiya, Belarus, Markaziy Osiyo davlatlari – atrofimizdagi katta o‘yinchilar asta-sekin bizni ajratishga urinishlarini tushunishimiz lozim. Biz bunga yo‘l qo‘ymasligimiz shart”, - dedi Lukashenko. Uning so‘zlaridan Sputnik Belarus iqtibos keltirgan.
U G‘arb o‘zi ba’zan inobatga olmaydigan xalqaro huquqdan MDH mamlakatlariga bosim o‘tkazish uchun foydalanayotganini qo‘shimcha qildi.
Belarus prezidentining so‘zlariga ko‘ra, MDH maxsus xizmatlari ma’lumotlari Hamdo‘stlik mamlakatlariga nisbatan tahdidlar ortib borishidan dalolat bermoqda.