Koreya Respublikasi TIV rahbari Toshkentga keldi — video

Qayd etilishicha, ikki mamlakat TIV rahbarlarining bugungi muzokaralari kun tartibi juda boy.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Pak Chin bugun, 1-iyun kuni Toshkentga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu Pak Chinning O‘zbekistonga Koreya Respublikasi TIV rahbari sifatidagi ilk tashrifi hisoblanadi.
“Pak Chin O‘zbekistonga avval ham ko‘p marta kelgan bo‘lsada, Koreya Respublikasi TIV rahbari sifatida ilk bor tashrif buyurmoqda”, - deb yozadi Saidov.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat TIV rahbarlarining bugungi muzokaralari kun tartibi juda boy.