Aql, go‘zallik va joziba: dunyo yetakchilari rafiqalarining 13 ta surati

"Har bir muvaffaqiyatli erkakning ortida ayol kishi turadi" degan mashhur ibora bor. Prezidentning rafiqasi bo‘lish nafaqat katta sharaf, balki katta mas’uliyat hamdir. Jahon yetakchilarining hamrohlari qanday ko‘rinishga ega - bizning fotolentamizga tomosha qiling.
Sputnik
1 / 13

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan 2018-yilda Hindistonga tashrifi chog‘ida.

2 / 13

Qirg‘iziston prezidenti (o‘sha paytda nomzod) Sadir Japarov rafiqasi Aygul Japarova bilan Bishkekdagi saylov uchastkalaridan birida navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida ovoz berganidan so‘ng.

3 / 13

Xitoy rahbari Si Szinpin va uning rafiqasi Pen Liyuan Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan G20 sammiti doirasida kechki ovqatda.

4 / 13

O‘zbekiston, Xitoy va Qirg‘izistonning birinchi xonimlari Ziroatxon Mirziyoyeva, Pen Liyuan va Aygul Japarova Sian shahridagi (Xitoy) “Isushe ” teatriga tashrif buyurishdi.

5 / 13

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijit Makron Parijdagi Yelisey saroyida Yevropa Ittifoqi va Xitoy yetakchilarining uchrashuvi chog‘ida.

6 / 13

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva mamlakatning Zangilon va Gubadli viloyatlariga tashrifi chog‘ida.

7 / 13

AQSh prezidenti Jo Bayden va birinchi xonim Jill Bayden 2022-yil 18-aprelda Vashingtondagi Oq uyning janubiy maysazoridagi har yili o‘tkaziladigan Pasxa bayramidagi ishtiroki.

8 / 13

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning rafiqasi Emine Erdog‘on prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan turmush o‘rtog‘ining g‘alabasi bilan o‘rtoqlashmoqda.

9 / 13

Emine Erdog‘an va Ziroat Mirziyoyeva Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida ishtirok etayotgan davlatlarning birinchi xonimlari uchun tashkil etilgan “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasida.

10 / 13

Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol va uning rafiqasi Kim Keon Xi Yaponiya mustamlakachiligiga qarshi mustaqillik harakatining 104-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda.

11 / 13

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi Elke Budenbender bilan “Berlinale 2019” 69-Berlin xalqaro kinofestivalida "Brext" (Brecht) filmi namoyishi oldidan.

12 / 13

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida va uning rafiqasi Yuko Kisida 2023-yil 7-may kuni Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida.

13 / 13

Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva va uning rafiqasi Rosangela da Silva 2023-yil 16-mart kuni Itaipu GESiga tashrif buyurishdi.