TOShKENT, 31-may — Sputnik. Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari (HKK) Odessa portida turgan Ukrainaning so‘nggi jangovar kemasini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
“29 may kuni Rossiya HKKning yuqori aniqlikdagi quroli zarbasi bilan Odessa portidagi harbiy kemalar turadigan joyda Ukraina Harbiy-dengiz kuchlarining so‘nggi “Yuriy Olefirenko” jangovar kemasi yakson qilindi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu may oyida Kiyev 16 mingdan ziyod kishi, 400 tadan ziyod tank va boshqa zirhli jangovar mashina va 238 ta artilleriya quroli va minomotni yo‘qotganini ma’lum qilgan edi.