Qurbon hayiti arafasida qo‘y narxi oshadimi – mutaxassis fikri

Qurbon hayiti 28 yoki 29 iyunga to‘g‘ri keladi, O‘zbekistonda bu kunda asosan qo‘y (qo‘chqor) so‘yiladi va go‘shti tarqatiladi. Sputnik bayram arafasida qo‘y narxi qanday bo‘lishi bilan qiziqdi.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Qurbon hayitidan oldin qo‘y narxi oshadimi? Sputnik muxbiri ushbu savol bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish ko‘mitasiga murojaat qildi.
Qo‘mita matbuot kotibi Anvar Suyunovning aytishiga ko‘ra, Qurbon hayiti arafasida bozorlarda qo‘y narxi biroz oshishi mumkin, lekin bu o‘sish qisqa muddatli bo‘ladi.

“Qurbon hayiti arafasida qo‘yning narxi biroz ko‘tarilishi mumkin, davomiyligi 3 kungacha, lekin bu butunlay emas. Sababi yoz fasli bu yil har qachongidan issiqroq kelmoqda. Qo‘y go‘shti “issiqlik” bo‘lgani uchun odamlar ko‘p iste’mol qilishmaydi. Hayit kunlari ham kam iste’mol qilinishi mumkin. Tirik qo‘yning narxi uning go‘shtiga bo‘lgan talabdan kelib chiqadi”, - dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, hozirda qo‘y go‘shti Toshkent bozorlarida 80-100 ming so‘mgacha, Nukus bozorlarida 60-65 ming so‘mgacha, boshqa viloyatlarda o‘rtacha 70-80 ming so‘mgacha sotilmoqda.
Qurbon hayit an’analari