TOShKENT, 31-may — Sputnik. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan 30-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.
Prezident maktablariga o‘qishga kirish uchun talabgordan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (a’lo) bo‘lishi lozim.
Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023/2024-o‘quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.