TOShKENT, 31-may — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov dronlar Moskvaga qilgan hujumidan so‘ng, Rossiyada harbiy holat e’lon qilinishi kerak deb hisoblaydi. Bu haqda Sputnik radiosi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Kiyev fashistlar rahbariyati” terrorchilik usullaridan foydalanish qarorlari qabul qilinishi haqidagi gap-so‘zlar ko‘paymoqda. Shuning uchun u “Kiyev rejimi”ni nafaqat “natsistlar” va “iblislar”, balki “terrorchilar” deb ham atash kerakligini ta’kidlagan.
"Menimcha, Rossiyada harbiy holat e’lon qilinishi juda zarur. Buning uchun esa barcha jangovar resurslardan foydalanib, bir vaqtning o‘zida butun terroristik ildizni yo‘q qilish kerak. Hech qanday "Ukraina harbiylari" degan tushuncha yo‘q deb hisoblayman, Ukrainada hech qanday harbiylar va siyosatchilar yo‘q – faqat terrorchilar bor”, - deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.
Checheniston rahbari, shuningdek, yaqin orada Rossiya qo‘shinlari maxsus harbiy operatsiya zonasida qasos nima ekanligini ko‘rsatib qo‘yishini" ta’kidlab, tafsilotlarini oshkor qilmadi.
"Moskvaga uyushtirilgan dronlar hujumi hech qanday taktik, strategik va psixologik ahamiyatga ega emas deb hisoblayman. Harbiy yo‘nalishda o‘qiganlar buni yaxshi tushunishadi. Urush esa umuman boshqa joyda davom etmoqda. Hujum qilishning bunday urinishlariga javoblar keskin bo‘lmasligi kerak - ular shafqatsiz bo‘lishi kerak. Biz fuqarolarimizni himoya qilmoqdamiz, bu yerda mulozamat va yumshoqlik qilmaslik kerak", - deb qo‘shimcha qildi Qodirov.