Bu qiziq

S vitamini oshib ketishi erkaklar uchun xavfli — toksikolog

Inson organizmida S vitamini miqdori ortiqcha bo‘lsa bu buyrakda tosh paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, ayniqsa erkaklarda — shifokor.
Sputnik
Terapevt, toksikolog Aleksey Vodovozov inson organizmida S vitaminining miqdori meyoridan oshib ketishi oqibatlari haqida aytib berdi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, askorbin kislotaning xavfi juda kichik, biroq, ba’zi hollarda juda ko‘p vitamin S iste’mol qilish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

"Zamonaviy tushunchalarga ko‘ra, S-vitamini kunlik qabul qilish yuqori chegarasi — 2000 mg(2g.) ni tashkil qiladi. Ushbu miqdordan ko‘p iste’mol qilish ko‘ngil aynish va diareyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, uzoq muddat davomida meyoridan ortiq S vitaminini qabul qilish siydikning RN balansini o‘zgartirishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida bo‘yrakda tosh paydo bo‘lish xavfiga olib keladi, asosan erkaklarda", - dedi Vodovozov.

Toksikolog, shuningdek, S vitamini tanqisligi nimaga olib kelishi mumkinligi haqida gapirdi: odamda zangila (singa) kasalligining o‘ziga xos turi — iskorbit rivojlanishi mumkin. Bu kollagen ishlab chiqarish buzilganligi sababli milkda muammolar paydo bo‘lishi, tish to‘kilishi va yaralarning sekin bitishiga olib keladi.
Mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra, S vitaminining kunlik iste’mol miqdori 50 dan 110 mg gacha. Askorbin kislotasini bunday miqdorda qabul qilish tanadagi uning yetishmasligi yoki ortiqcha bo‘lishi bilan bog‘liq noxush oqibatlardan saqlaydi.