Birinchi iyundan alkogol mahsulotlari narxi ko‘tariladi

1 iyundan alkogol mahsulotlarning (pivodan tashqari) eng kam ulgurji va chakana narxlari o‘zgaradi.
Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev “Alkogol mahsulotlarning eng kam ulgurji va chakana narxlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.
Unga ko‘ra, 1-iyundan eng kam ulgurji va sotish narxlari o‘rtacha 20 foizga, chakana narxlar esa 16 foizga oshadi.
Alkogol mahsulotlari narxlari (pivodan tashqari) quyidagicha bo‘ladi:

Sotilayotgan tovarning nomi

Ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi

Eng kam chakana narx

Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun so‘m hisobida

14 400

16 400

Konyak, 1 litr tayyor mahsulot

57 400

66 000

Aroq va boshqa alkogol mahsulotlari, 1 litr tayyor mahsulot

37 000

43 000

Avvalroq alkogol mahsulotlari narxi yanada qimmatlashi kutilayotgani xabar qilingan edi.
O‘zbekistonda avgust oyidan 21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki va alkogol sotish taqiqlanadi.