TOShKENT, 30-may — Sputnik. Twitter foydalanuvchilari Vladimir Zelenskiyning Turkiya bilan hamkorlik haqidagi so‘zlarini tanqid qilishdi. Bu haqda RIA Novosti Zelenskiyning Twitter'dagi sahifasiga tayanib xabar berdi.
Zelenskiy o‘z Twitter sahifasida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘anni qayta saylangani bilan tabriklagan va endilikda mintaqa, Yevropa va dunyo xavfsizligini mustahkamlash uchun birgalikda ish olib borishini ma’lum qilgan.
"Turkiya Rossiya tomonida, dunyo tez orada sizning asl yuzingizni ko‘radi", - deb izoh qoldirgan obunachilardan biri Zelenskiyga.
"Agar siz Erdog‘anni chindan ham hurmat qilsangiz, uning Rossiya haqidagi maslahatlariga rioya qiling!" - degan obunachilardan yana biri.
"Rossiya harbiylarini Xudo marhamatlasin. Ularning jasorati va qat’iyati tahsinga sazovor! Men ularga muvaffaqiyatlar tilayman! Zelenskiy sotqin millatchi to‘ng‘iz!", - deya qo‘llab-quvvatlagan uchinchi obunachi.
“Prezident Erdog‘an Rossiyaning muhim va strategik ittifoqchisi xisoblanadi. Shuning uchun sen undan hamkorlikka ishtiyoqni kutmaganing ma’qul”, - deb yozdi yana bir Twitter foydalanuvchisi.
“Ukraina xalqi, Zelenskiy jinoyatchi, u yigitlarni o‘limga yuboradi. Ukraina xalqi, sizning dushmaningiz bu Zelenskiy!" - deb xalqni ogohlikka chaqirgan foydalanuvchilardan biri.
Turkiya Oliy saylov komissiyasi rahbari Ahmet Yenerning avvalroq ma’lum qilishicha, Turkiya prezidentligi saylovlarining ikkinchi bosqichida Erdog‘an 52 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongan. Uning raqibi Kemal Kilichdarog‘lu esa deyarli 48 foiz ovozga ega bo‘lgan. Saylovning yakuniy natijalari 1-iyungacha ma’lum bo‘ladi.