TOShKENT, 30-may — Sputnik. Bugun Argentinada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionati doirasida O‘zbekiston – Isroil uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 jahon chempionatining nimchorak finalida Isroilga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuvda futbolchilar to‘liq oq libosda, darvozabon esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuv 31-mayga o‘tar kechasi soat 1:48 da boshlanadi. Jahon chempionati FIFA sayti orqali jonli efirga uzatiladi. Shuningdek, o‘yinni "Uzreport TV" telekanali orqali tomosha qilish mumkin.
Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Falkon Yayel (Argentina) ishlaydi. Unga qanotlarda hamurtlari Del Yesso Maksimiliano va Rodrigez Fakundo yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam vazifasi esa Lopez Kastelyanosga (Gvatemala) topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar O‘zbekiston Argentina, Yangi Zelandiya va Gvatemala jamoalariga qarshi to‘p surdi. Argentina bilan kechgan uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, Yangi Zelandiya bilan durang o‘ynadi. Gvatemala bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabaga erishdi.