Nodirbek Abdusattorov "Norway Chess" turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Bugundan "Norway Chess" turnirida klassik bahslar boshlanadi va musobaqa bir necha kun davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Nodirbek Abdusattorov Norvegiyadagi "Norway Chess" turnirining blis yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi.
30 may, ya’ni bugundan musobaqada klassik bahslar boshlanadi va musobaqa bir necha kun davom etadi.
Abdusattorov blis turnir davomida quyidagi natijalarni qayd etdi:
1-tur: Shahriyor Mamedyarov (Ozarbayjon) - Nodirbek Abdusattorov - 0,5:0,5;
2-tur: Hikaru Nakamura (AQSh) - Nodirbek Abdusattorov - 1:0;
3-tur: Nodirbek Abdusattorov - Fabiano Karuana (AQSh) 1:0;
4-tur: Magnus Karlsen (Norvegiya) - Nodirbek Abdusattorov 1:0;
5-tur: Nodirbek Abdusattorov - Aran Tari (Norvegiya) 1:0;
6-tur: Uesli So (AQSh) - Nodirbek Abdusattorov 0:1;
7-tur: Nodirbek Abdusattorov - Alirizo Firudja (Fransiya) 0,5:0,5;
8-tur: Anish Giri (Niderlandiya) - Nodirbek Abdusattorov 0:1;
9-tur: Nodirbek Abdusattorov - Gukesh (Hindiston) 1:0.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa 9-iyunga qadar davom etadi. Musobaqaning sovrin jamg‘armasi 2,5 million kronni tashkil etadi (taxminan 243 ming dollar). G‘olib 750 ming kron (taxminan 67,6 ming dollar) oladi.