Moskvada yetimlarni xorijga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan ukrainalik ayol qo‘lga olindi

Ukraina fuqarosi “Save Ukraine” jamg‘armasi topshirig‘iga binoan Rossiyaga ozod qilingan hududlardan yetim bolalarni olib chiqib ketish uchun kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Rossiya poytaxtida ota-onalari qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yangi mintaqalardagi bolalarni olib chiqib ketishni rejalashtirgan Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda RIA Novosti manbalariga tayangan holda xabar berdi.
“Moskvada “Save Ukraine” jamg‘armasi (Ukraina xavfsizlik xizmati bilan ishlaydi) topshirig‘iga binoan Rossiyaga ozod qilingan hududlardan yetim bolalarni olib chiqib ketish uchun kelgan Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi”, - deyilgan xabarda.
Yanvar oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ularga yordam ko‘rsatish uchun hukumat, bolalar ombudsmeni va mahalliy hukumatlarga Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarida yashovchi yetim bolalarni aniqlashni topshirgan edi.
O‘z navbatida, bola huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova “Donbassning hamma bolarilari oilalarda” loyihasi ishga tushirilganini ma’lum qildi.