Yevropa xavfsizlik shartnomasi tugatilgani uchun juda qimmat to‘laydi

Bundan buyon Rossiya o‘z hududida istalgan qurollarni, istalgan miqdorda va zarur deb bilgan hududlarda joylashtirishi va jamlashi mumkin.
Sputnik
Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin DOVSE shartnomasini denonsatsiya qilish to‘g‘risida farmonni imzoladi.
DOVSE - Yevropada oddiy qurolli kuchlarni cheklash to‘g‘risidagi shartnoma Rossiya hamda Yevropadagi NATO davlatlari orasida 1990-yilda imzolangan o‘ta muhim shartnoma edi. Rossiya tomonidan uning yakunlanishi Sovuq urushdan keyin Yevropa qit’asida qurilgan xavfsizlik arxitekturasi tobutiga qoqilgan so‘nggi mix bo‘ldi.
Bundan buyon Rossiya DOVSE shartnomasida ko‘zda tutilgan cheklovlardan qat’iy nazar, o‘z hududida istalgan qurollarni, istalgan miqdorda va zarur deb bilgan hududlarda joylashtirishi va jamlashi mumkin. To‘g‘ri, so‘nggi 15-yil davomida Rossiya bu ma’noda cheklanmagan edi, chunki Vladimir Putin boshqa 2007-yildayoq ushbu shartnomada Rossiya ishtirokini vaqtincha to‘xtatgan edi. O‘shanda bu birinchi, aniqrog‘i, ikkinchi ogohlantirish bo‘lgan edi. Birinchi ogohlantirish ؅— Putinning 2007-yilda Munxendagi nutqi hisoblanadi.
Siyosat uchun o‘n besh yil uzoq vaqt, ammo amalda bo‘lmagan narsaning rasman tugatilishi — bu shunchaki rasmiyatchilik emas, balki Rossiyadan G‘arbga juda muhim signal, ehtimol o‘sha Munxendagi nutqdan ham muhimroq. Agar Vashington va Brussel Putinning ushbu nutqni eshitganida, ehtimol DOVSEni saqlab qolish mumkin bo‘lardi. Ehtimol bugun biz ikkinchi sovuq urush, NATO kengayishi va Ukraina mojarosini emas balkim boshqa vaziyatda kun kechirayotgan bo‘lardik.
DOVSE - muhim hujjat edi: Yevropa tarixida ilk bor u yerdagi davlatlar mudofaa masalalarida bunday shaffoflikka rozi bo‘lishdi, qurollanish poygasi to‘xtatildi, Uchinchi jahon urushi afsonaga aylandi, insoniyat yangi dunyo sari oldinga siljidi. Shimoliy Atlantika alyansi, DOVSE shartnomasini imzolash paytidagi va’dalarga zid ravishda, sharqqa kengaya boshlagandan so‘ng, ushbu hujat Rossiyani ushlab turish elementiga aylandi.
Boltiqbo‘yi respublikalarining DOVSE shartnomasiga kiritilmasdan NATOga qo‘shib olinishi — Rossiya uchun asosiy tahdidga aylandi. Vaholanki, Vashington va Brussel ularni osonlik bilan bunga majburlashi mumkin edi. Amalda esa, bu Rossiya bilan chegaradosh bo‘lgan NATOning yangi davlatlarida istagancha, masalan Amerika tanklarini saqlash imkonini berar edi, lekin Moskva qurollar soni va ularning joylashtirish bo‘yicha cheklovlarga amal qilishi kerak edi. Bunday shartnomaga rioya qilish Rossiya uchun sekin-asta o‘z joniga qasd qilish bilan barobar edi.
Shu sababdan ham Moskva, bir necha bor ogohlantirishdan so‘ng, 2007-yilda DOVSEda ishtirokini to‘xtatib qo‘ydi. Ammo G‘arb uchun bu ogohlantirish edi. Moskva shartnomaga osonlik bilan qaytishi mumkin edi. Lekin endi shartnoma denonsatsiya qilindi, endi orqaga qaytishning iloji yo‘q. Buning uchun Yevropa yangi shartlar asosida muzokaralar boshlashi, shartnomalar shartlarini kelishib olishi, ularni ratifikatsiya qilishi kerak bo‘ladi. Katta ehtimollik bilan bu yangi sovuq urushning yakuniga aylanadi.
Har qanday urush bir kun kelib tugaydi. Bir qit’ada yashaydigan qo‘shni davlatlar, bir-biriga qarshi armiya qurishdan ko‘ra, hamkorlik qilish foydaliroq ekanligini hech narsa o‘zgartira olmaydi. Hamkorlik odatda norma hisoblanadi, yangi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan siyosiy mojaro esa xavfli anomaliya hisoblanadi. Va bu anomaliya faqat Qo‘shma Shtatlarning Yevropa ishlariga aralashuv kuchayganligi sababli mumkin bo‘ldi. Aynan shu narsa xavfsiz va qurolsiz Yevropa orzusini puchga chiqardi.
Qo‘shma Shtatlar beqarorlashtiruvchi omil sifatida, haddidan oshib ketsa — o‘zini o‘zi yo‘q qiladi. Bu tez orada bo‘lmaydi, lekin qanchalik tez bo‘lsa, Yevropa Amerika ta’siriga shunchalik kuchli qarshilik ko‘rsatadi. Bu ushalmas orzudek bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin aynan shu ssenariy amalga oshishi uchun jiddiy sabablar bor, jumladan, DOVSEning yo‘q qilinishi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari fuqarolari hali Sovuq urush ularga qanchalik qimmatga tushushini bilishmaydi. Buni bilganlar, afsuski, unutishga ulgurishdi. Rossiya bilan iqtisodiy qarama-qarshilikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar – bu uzoq ro‘yxatdagi birinchi yo‘qotishlardir. Mudofaa xarajatlarini tejab, ijtimoiy sohaga qo‘shimcha milliardlar sarflaydigan kunlar o‘tib ketdi. Buning o‘rniga, aksincha, xarajatlarni imkon qadar qisqartirish, ko‘proq soliq to‘lash va muddatli harbiy xizmatga borishga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili Boltiqbo‘yida muddatli habiy xizmat tiklana boshladi.
Rossiya bilan tizimli qarama-qarshilik Yevropa farovonligini shunchalik uzoqlashtiradiki, ertami-kechmi kimdir bu isrofgarchilikni to‘xtatishni xohlaydi. Rossiyaning ulkan bozoriga chiqish va uning energiya resurslaridan foydalanish - Uchinchi jahon urushiga sarmoya kiritishdan ko‘ra ancha yoqimli va foydaliroq yo‘l ekani aksariyatga juda ravshan.
Buni YeI rahbarlari hozir ham tushunishadi, albatta, lekin ular allaqachon boshqa ssenariyga pul tikkan – Rossiyaning harbiy yakson qilish. Raqiblar buning ortidan Rossiyada ichki tartibsizliklar, yevropaparast hukumatning hokimiyatga kelishi va Rossiya bo‘ysunuvchi mavqeli uchinchi darajali davlatga aylanishiga umid qilmoqda. Bu reja amalga oshsa, hozir yevropaliklarga yoqmaydigan hamma narsani qayta tiklash mumkin. 29.05.2023 dan oldin Rossiya faqat bitta farmon bilan DOVSE cheklovlariga qaytishi mumkin edi, lekin endi buning iloji yo‘q.
Tinchlikni kafolatlash va tejamkor iqtisodga qaytish endi og‘ir bo‘ladi. Buning uchun ta’sir doiralarining yangi chegaralarini belgilash, o‘zaro ishonchni asta-sekin tiklash kerak bo‘ladi. Bir kontinetda tinch totuv yashash uchun, ehtimol DOVSEning o‘rniga o‘nlab shartnomalar imzolash kerak bo‘ladi.
Bu yo‘lning bir joyida AQSh chiday olmay chekinishga majbur bo‘ladi va shundan so‘ng Yevropa uchun foydali jarayonlar ancha tezlashadi. Ammo o‘sha vaqtgacha Rossiya omon qolishi kerak, chunki hozircha Rossiyaga nisbatan "A-reja" amal qilmoqda. Bu — harbiy, geosiyosiy mag‘lubiyat va siyosiy qullikni anglatadi.
Yangi sovuq urushni tugatish uchun Rossiya ayni damda unga qrashi olib borilayotgan haqiqiy, qaynoq urushda g‘alaba qozonishi kerak. Ammo Sovuq urushda faqat birgalikda g‘alaba qozonish yoki birgalikda yutqazish mumkin. Chunki g‘alaba — faqat bu urush yakunlanib, tomonlar qarama-qarshilikdan hamkorlikka o‘tganda bo‘lishi mumkin.