Ukraina Gorlovkada tinch aholini o‘qqa tutdi — video

Ukraina qurolli kuchlari zarbasi oqibatida ikki nafar tinch aholi vakili yaralandi.
Sputnik
O‘tgan tunda Ukraina Qurolli kuchlari “Grad” yoppasiga o‘t ochish tizimidan Gorlovkadagi tinch aholi turar joylariga zarba berdi.
Guvohlarning aytishiga ko‘ra, Gorlovkaga snaradlar paketining yarmi kelib tushdi — ya’ni 20 ta snarad. Snaradlar shaharning aholi zich yashaydigan hududiga kelib tushgan.
Zarba oqibatida ikki nafar tinch aholi vakili yaralangan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan haftada Artyomovsk (Baxmut) qal’asini qo‘ldan boy bergan ukrainaliklar Rossiyaga har qanday bo‘lmasin yo‘l bilan zarba berishga urinmoqda. Jumladan, Rossiyaning Belgorod va Brayansk chegaradosh hududlariga diversion guruhlar jo‘natish hamda ozod qilingan hududlarning tinch aholi yashaydigan manzillariga ham raketa zarbalari bermoqda.