Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukraina aerodromlariga havo zarbasi berdi

Rossiya Ukraina aerodromlariga yuqori aniqlikdagi qurollar yordamida uzoq masofadan havo zarbalari berdi.
Sputnik
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan tunda Ukrainaning bir necha aerodromlariga yuqori aniqlikdagi zarbalar berdi, deya xabar berdi Mudofaa vazirligi.

"Zarbalar havodan uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar yordamida amalga oshirildi. Barcha zarbalar belgilangan manzilga yetib bordi, nishonga olingan obyektlar yo‘q qilindi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Rossiya Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishiga ko‘ra, zarba natijasida dushman qo‘mondonlik punktlari, radar postlari, aviatsiya texnikasi, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarini saqlash omborlari yo‘q qilingan.

Ukraina OAVlarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra:

o‘tgan tunda Kiyev, Xmelniskiy, Jitomir va Nikolayev viloyatlarida havo trevogasi signali chalingan;
Rossiya raketa zarba natijasida Kiyev yaqinidagi Julyani aeroporti va Odessadagi dengiz porti infratuzilmasi zarar ko‘rgan;
Xmelniskiy viloyati ma’muriyati o‘tgan tunda UQKning yoqilg‘i va jangovar vositalar omboriga zarba berilganini ma’lum qildi;
Dnepropetrovsk, Sumi va Chernigov viloyatlarida portlashlar sodir bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari Donesk yo‘nalishida 145 tagacha, Kupansk yo‘nalishida 65 tagacha, Krasniy Liman yo‘nalishida 50 tagacha, Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida 140 tagacha, Xerson yo‘nalishida 20 tagacha harbiy xizmatchisini yo‘qotgan.