TOShKENT, 29-may — Sputnik. Tehron — Pekin yo‘nalishida IRM079 reysini amalga oshirayotgan “Mahan Air” aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Samolyot 28-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan.
Qo‘nishga yurak xurujiga uchragan yo‘lovchi sabab bo‘lgan. Yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga o‘tishga qaror qilgan.
Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.