TOShKENT, 29-may — Sputnik. Joriy yilning iyun oyidan boshlab O‘zbekiston va Vyetnamning Nyachang shaharlari o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vyetnam turizm tadbirkorlarining ochiq muloqoti tashkil etildi.
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
© Sputnik/Dostonbek Raxmatullayev
Muloqotda ta’kidlanishicha, tez orada Toshkentda vyetnamlik mutaxassislar hamda vakillar bilan yirik masshtabdagi B2B uchrashuvlari o‘tkaziladi. Unda turizm ko‘lamini yanada kengaytirish va hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Qayd etilishicha, turizmning O‘zbekiston iqtisodiyotida tutgan o‘rni jadal o‘sib bormoqda. Buni joriy yilning birinchi choragida mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2 mln. nafardan ortgani va turistik xizmatlar eksporti salkam 650 mln AQSh dollariga yetganidan ham bilish mumkin.
Yil oxirigacha xorijdan O‘zbekistonga kirib keluvchi sayyohlar soni 7 mln nafardan ortishi kutilmoqda.