O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirishda Xitoy tajribasidan foydalanmoqchi

Xitoyning qishloq joylarda kambag‘llikni qisqartirish tajribasi dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin — Qo‘chqorov.
Sputnik
TOShKENT, 29-may – Sputnik. O‘zbekiston qishloqlarda qashshoqlikka qarshi kurashda Xitoy tajribasidan foydalanmoqchi, deb yozadi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlariga tayanib RIA Novosti.
“Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasi Xitoyning qishloq joylarda qashshoqlikka qarshi kurash tajribasini o‘rgandi, biz bundan biz bilan keng foydalanishni istaymiz ... aynan Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish tajribasi ko‘pchilik uchun o‘rnak bo‘lishi mumkin”, - dedi siyosatchi ShHT forumining ochilishida.
O‘zbekiston qashshoqlikka qarshi kurashni bir necha yil muqaddam boshlagan bo‘lsa-da, maqsad sari izchil qadam tashlamoqda. Bu xalqaro tashkilotlar, jumladan, ShHTning islohotlari va ko‘magi tufayli amalga oshdi. Shunday tariqa 2022-yilda respublikada qashshoqlik darajasi 17 foizdan 14 foizga kamaydi.
Qashshoqlik bu — aniq chora ko‘rishni talab qiladigan muammo va ShHT mamlakatlari bu borada yetarli tajribaga ega, dedi Qo‘chqorov.
Xitoyda Shanxay hamkorlik tashkilotining qashshoqlikka qarshi kurash va barqaror rivojlanish forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu fakt tashkilot uchun katta ahamiyatga ega, chunki dunyo aholisining yarmi ShHT davlatlarida istiqomat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Xitoyning Shensi provinsiyasida Shanxay hamkorlik tashkilotining qashshoqlikka qarshi kurash va barqaror rivojlanish forumi boshlandi.
Hozirda ShHTga Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. Eron tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonida. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi maqomiga ega. 2022-yil sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitda Belarusning 2015-yildan buyon kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan ShHTga a’zo bo‘lish mexanizmi ishga tushirildi. Ozarbayjon, Armaniston, Misr, Kambodja, Qatar, Nepal, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka muloqot hamkorlari hisoblanadi.