U-20 O‘zbekiston termasining 1/8 finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

31 may kuni o‘tadigan bahsda terma jamoa Isroil yoshlariga qarshi maydonga tushadi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Futbol bo‘yicha U-20 O‘zbekiston jamoasining 1/8 finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
31 may kuni o‘tadigan bahsda terma jamoa Isroil yoshlariga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston jamoasi guruh bosqichining 3-turida Gvatemalani 2:0 hisobida yengib, Argentina bilan birgalikda keyingi bosqichga yo‘l olgandi.
Eslatib o‘tamiz, turnir 20-maydan 11-iyungacha davom etadi. Turnirning guruh bosqichida jami 24 davlatdan yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi. Guruh o‘yinlari natijalariga ko‘ra, 16 nafar eng yaxshi jamoa chempionatning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.