TOShKENT, 28-may — Sputnik. Turkiya prezidentligiga nomzodlar – Kemal Qilichdoro‘g‘li va Rajab Toyib Erdog‘an prezidentlik saylovlarida ovoz berdi.
Muxolifat nomzodi Anqaraning Chankaya tumanidagi Argentina maktabidagi saylov uchastkasiga mahalliy vaqt bilan soat 12:05 atrofida yetib keldi. Amaldagi prezident Istanbulning Uskudar tumanidagi saylov uchastkasiga xuddi shu vaqtda kelgan.
Erdog‘an prezidentlik saylovining birinchi bosqichida 49,52 foiz, uning muxolifatdagi raqibi Qilichdoro‘g‘li 44,88 foiz ovoz olgan.
Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlandi, ovoz berish 17:00 gacha davom etadi.
Saylov uchastkalari yopilgach, ovozlarni sanash darhol boshlanadi.
Xorijda yashayotgan Turkiya fuqarolari uchun ovoz berish 24-may kuni yakunlandi. 73 mamlakatda jami 3,5 million saylovchi ovoz berdi.