TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 28-may kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
“Hozirgina Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali suhbatlashib, ozarbayjonlik barcha do‘stlarimizni Milliy bayram - Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladik. O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari tomonidan belgilab berilgan yuqori sur’at natijasida ikki tomonlama munosabatlarimiz misli ko‘rilmagan darajada rivojlanmoqda”, - deb yozadi Saidov.
Ozarbayjonda har yili 28-may Milliy bayram – Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi.