O‘zbekiston va Kuvayt kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kengaytiriladi

O‘zbekistonda sanoat, qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Joriy yilning 26-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev “Kuwait Investment Co.” kompaniyasi prezidenti Yusuf Muhammad al-Alini qabul qildi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda iqtisodiy diplomatiyani, jumladan, Kuvayt sarmoyalari va texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb etish orqali faol ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonda sanoat, qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va “Kuwait Investment Co.” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.