Avtobusga chiqqan Mirziyoyev, maktab bilan xayrlashgan bitiruvchilar — eng yorqin suratlar

O‘tayotgan hafta nimalar bilan esda qoldi? Sputnik ularni suratlar ko‘rinishida bir nuqtaga jamladi.
Sputnik
1 / 10

Shavkat Mirziyoyev avtobusga chiqib, yo‘lovchilar bilan gaplashdi

2 / 10

Gvatemalaga qarshi dubl qayd etgan Ne’matjonov. Aynan Shahzodbekning urgan 2 ta goli evaziga O‘zbekiston Jahon chempionatida guruh bosqichidan chiqib oldi

3 / 10

Jonajon maktabi bilan xayrlashib, katta hayotga qadam qo‘yayotgan bitiruvchilar

4 / 10

G‘alla o‘rimiga start berilishi oldidan Qashqadaryoda Qur’on tilovat o‘qilib, jonliqlar so‘yildi

5 / 10

O‘zbekistonga yo‘lovchi tashuvchi reysda kelgan Singapurning ayol prezidenti

6 / 10

Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazgan O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov

7 / 10

Andijonda g‘alla mavsumiga tayyorgarlik ko‘rildi va texnikalar shay holatga keltirildi

8 / 10

Andijonda aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash uchun olib borilayotgan ishlar

9 / 10

Jizzaxda boshlangan amputant futbolchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati

10 / 10

Namangan viloyati, mingbuloqlik mehnatkash ayollar. Viloyat hokimi tashrifi doirasida ular bilan suhbatlashdi.