TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiya armiyasi Artyomovskni ozod qilish tugashi fonida hujumga o‘tadi. Bu haqda Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Nimadir bo‘ladi. Ular hujumga o‘tadilar. Nimadir sodir bo‘ladi", - deb bashorat qiladi u.
Soskinning so‘zlariga ko‘ra, jang maydonida hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmagan Ukraina armiyasi Artyomovsk ozod etilganidan keyin Rossiya qurolli kuchlarining hujumiga duch keladi.
Eslatib o‘tamiz, 20-may kuni Rossiya kuchlari Artyomovskni (Baxmut) to‘liq nazorat ostiga olgan edi.