Ukraina va AQShni Afrikadagi ocharchilik qiziqtirmaydi — Zaxarova

Ukraina donining eng katta qismi Yevropaga, atigi 2,5 foizi Afrikaga jo‘natilgan.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazidagi Rossiya vakillari "Qora dengiz tashabbusi"ga birinchi navbatda Afrikaga yo‘l olgan yuk tashuvchilarni kiritish uchun "kurashmoqda", Ukraina vakillari esa faqat maksimal foyda olishga e’tibor qaratgan. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Mariya Zaxarova jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, o‘tgan yilning avgust oyidan buyon eksport qilingan Ukraina donining katta qismi (30 million tonnadan ortiq) yaxshi oziqlangan rivojlangan mamlakatlarga, birinchi navbatda, Yevropa Ittifoqi davlatlariga jo‘natilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, atigi 2,5% BMT Jahon oziq-ovqat dasturi ko‘magida Afrikaning eng muhtoj mamlakatlariga ketgan.
Uning ta’kidlashicha, Istanbuldagi Qo‘shma muvofiqlashtirish markazidagi Rossiya vakillari “Qora dengiz tashabbusi”ga birinchi navbatda Afrikaga yo‘l olgan quruq yuk kemalarini kiritish uchun “tom ma’noda kurashmoqda”.
Ukraina vakillari, aksincha, faqat maksimal foyda olishga e’tibor qaratib, eng katta kemalarni birinchi navbatda ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilmoqda.
“Ularni Afrikadagi ochlikdan azob chekayotgan odamlar qiziqtirmaydi. Xuddi ular Afrikaning o‘n millionlab fermer xo‘jaliklari uchun zarur bo‘lgan o‘g‘itlarni ishlab chiqarish uchun Afrikaga ammiak etkazib berishdan manfaatdor emaslar. Rossiya kechiktirmasdan, bir necha kun ichida Tolyatti-Odessa ammiak quvurini ishga tushirishga tayyor, Kiyev esa deyarli bir yil davomida uni sekinlashtirib, hamma narsani yangi shartlar bilan ta’minlab kelmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev “Vashington va uning sun’iy yo‘ldoshlarining to‘liq ko‘magida Afrikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ocharchilikka qarshi kurashish manfaatlariga bir tiyin ham qo‘ymaydi.
"O‘z navbatida, biz hamma bilan, birinchi navbatda afrikalik do‘stlarimiz bilan Afrikada ocharchilikka tahdid soluvchi vaziyatni yaratishning haqiqiy sabablari va aybdorlari, qanday majburiy to‘siqlarni yengib o‘tishimiz kerakligi haqida, oziq-ovqat ta’minoti bo‘yicha xalqaro majburiyatlarimizning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash, o‘g‘itlar va boshqa strategik tovarlarga eng ko‘p muhtoj bo‘lgan mamlakatlarga yetkazillishida ochiq va adolatli suhbatga tayyormiz”, deya qayd etdi u.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan Qora dengiz don tashabbusi Ukraina don, oziq-ovqat va o‘g‘itlarni Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.