U20 JCh: Argentina – Yangi Zelandiya o‘yini qanday natija bilan yakunlandi?

Bugun Argentinada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionatida Argentina – Yangi Zelandiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Argentina – Yangi Zelandiya uchrashuvi 5:0 hisobda yakunlandi.
Ma’lumot uchun, avvalgi o‘yinlarda Yangi Zelandiya terma jamoasi Gvatemalani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi o‘yinda O‘zbekistonni mag‘lub etishga yaqin turgan bo‘lsa-da, ikki to‘p farqi bilan ustunlikni saqlab qola olmadi. 2:2 hisobidagi durang guruhda ikkinchi qatorda qolish imkonini beradi.
Argentina terma jamoasi esa chempionatningt ochilish bahsida O‘zbekistonni 2:1 hisobida mag‘lub etishdi. Ikkinchi g‘alabasi 3:0 hisobida Gvatemaladan ustun keldi.
Eslatib o‘tamiz, turnir 20-maydan 11-iyungacha davom etadi. Turnirning guruh bosqichida jami 24 davlatdan yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. Guruh o‘yinlari natijalariga ko‘ra, 16 nafar eng yaxshi jamoa chempionatning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.