TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 mingdan oshdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 1-may holatiga respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 12 989 tani tashkil etgan.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar ichida Rossiya, Xitoy yetakchilik qilmoqda. Birgina Rossiya 2 905 ta, Xitoydan esa 1 807 ta kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Korxonalar soni:
Rossiya – 2 905 ta;
Xitoy – 1 807ta;
Turkiya – 1 798 ta;
Qozog‘iston – 986 ta;
Janubiy Koreya – 712 ta;
AQSh – 297 ta;
Qirg‘iziston – 258 ta;
Tojikiston – 253 ta.