TOShKENT, 27-may — Sputnik. Argentinada hozirgina yakunlangan O‘zbekiston – Gvatemala U-20 terma jamoalar uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabaga erishdi. Hisob 2:0. Gollar: Shahzodbek Nematjonov 9ʼ, 21ʼ
Bu o‘zbekiston terma jamoasining uchinchi o‘yini edi.
Eslatib o‘tamiz, turnir 20-maydan 11-iyungacha davom etadi. Ravshan Haydarov shogirdlari Argentina, Yangi Zelandiya va Gvatemala terma jamoalari bilan ham to‘p surdi. Turnirning guruh bosqichida jami 24 davlatdan yoshlar terma jamoalari ishtirok etadi. O‘zbekiston “A” guruhidan joy oldi. Guruh o‘yinlari natijalariga ko‘ra, 16 nafar eng yaxshi jamoa chempionatning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.