O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyadagi xalqaro turnirda 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekiston terma jamoasi turnir yakuniga ko‘ra 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Konstantin Korotkov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda 12 ta medal sazovori bo‘lishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Musobaqada erkaklar va ayollar tarkibi bilan qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 12 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Vakillar turnir yakuniga ko‘ra 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Jamoa safida quyidagi bokschilar sovrindor bo‘lishdi:
Oltin medal:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-75 kg: Aziza Zokirova
Kumush medal:
-50 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Alisher Ayubov
-86 kg: Odiljon Aslonov
Bronza medal:
-54 kg: Axtamov Qodirbek
-71 kg: Javlonbek Yo‘ldoshev
-71 kg: Aman Konsbekov
-92 kg: Amirshox Samadov