Olimlar qadimgi Rim davriga tegishli atir topishdi

Atir aralashmasi uchun asos o‘simlik yog‘i bo‘lgan. Ehtimol, zaytun. Va pachuli o‘simligi parfum yaratish uchun ishlatilgan.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Kordova universiteti olimlari 2000-yildan ortiq qadimgi Rim davriga tegishli atir hidining tarkibini aniqladilar, deya xabar berdi RIA Novosti.
Aralashma uchun asos o‘simlik yog‘i bo‘lgan. Ehtimol, zaytun. Va pachuli o‘simligi parfum yaratish uchun ishlatilgan.
Uchenie ustanovili ingrediyenti 2000-letnix duxov
Mutaxassislar 2019-yilda topgan atirlarni tahlil qilishdi. Keyin, Ispaniyaning Karmona shahrida uy qurilishi paytida ular tobut uchun mo‘ljallangan xonaga duch kelishdi.
Ehtimol, bu badavlat oilaga tegishli bo‘lgan. Urnalardan birida tosh kristalli flakon bor edi. Kolba mahkam yopilgan, shunda atir xidi unda saqlanib qolgan.
Tarkibini aniqlash uchun bir necha usullar qo‘llanilgan. Jumladan, gaz xromatografiyasi va massa spektrometriyasi.