TOShKENT, 27-may — Sputnik. Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha “ChessKid” turniri g‘olibi bo‘ldi. Jahon chempioni grand finalda amerikalik mashhur grossmeyster Fabiano Karuanani 2,5:1,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Abdusattorov "ChessKid" onlayn turnirida so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi.
Musobaqaning eng yuqori 1-divizionida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda grand finalga qadar yetib keldi. U niderlandiyalik Yorden van Forestga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 2,5 : 1,5 hisobida g‘alabaga erishdi.
Hal qiluvchi o‘yinda Nodirbekka amerikalik Fabiano Karuana raqiblik qildi. Ular bungacha mazkur musobaqa yarim finalida ham uchrashishgan va unda Nodirbek g‘alabaga erishgandi. Karuana o‘tish o‘yinlari orqali Grand finalga yetib kelgan.
Onlany turnirning mukofot jamg‘armasi 2 mln dollardan iborat.