TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida gospital turdagi "Mehrli maktab" filiali ochilishida ishtirok etdi. Bu haqda "Zamin" xalqaro jamoat fondi xabar berdi.
"Mehrli maktab"ga tashrif chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bolalar bilan samimiy suhbatlashib, pedagoglar va ota-onalarga dalda so‘zlarini izhor etdi.
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
"Mehrli maktab – ta’limdan, kim qanday vaziyatga tushib qolganidan qat’i nazar, barcha bahramand bo‘lishi mumkinligiga yorqin misol”, deyiladi xabarda.
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
Bu yerda uzoq vaqt davomida davolanayotgan hamda oddiy maktab yoki bog‘chaga qatnash imkoniyati bo‘lmagan bolalar bilim olmoqda va tarbiyalanmoqda.
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
Ular reabilitatsiya jarayonidan ham shu yerning o‘zida ota-onalari ishtirokida o‘tishadi.
© Mejdunarodniy obshestvenniy fond Zamin
Yil yakuniga qadar "Mehrli maktab" filiallari Andijon va Farg‘onada ham ochiladi.