Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainadagi mojaro o‘nlab yillar davom etishi mumkin — Medvedev

Medvedevning aytishicha, Ukrainadagi mojaro o‘nlab yillar davom etishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Ukraina mojarosi uzoq vaqtga, balki o‘nlab yillarga cho‘zilishi mumkin, bu mamlakatdagi amaldagi rejim sharoitida hamma narsa takrorlanadi, shuning uchun Kiyevdagi natsistlar hokimiyatining tabiatini yo‘q qilish kerak, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.
"Bu mojaro juda uzoqqa, ehtimol, bu hammasi o‘nlab yillarga cho‘ziladi. Bu yangi haqiqat, hayotning yangi shartlari. Shunday hokimiyat bo‘lsa, deylik, uch yillik sulh, ikki yillik mojaro bo‘ladi, va hammasi yana takrorlanadi. Kiyevdagi natsistlar hokimiyatini yo‘q qilish kerak", - dedi u Vyetnamga tashrifi chog‘ida jurnalistlarga bergan intervyusida.
Avvalroq Medvedev o‘zining Telegram-kanalida Ukrainani Rossiya va Yevropa Ittifoqining qator davlatlari o‘rtasida bo‘lish jarayonida maxsus operatsiya yakunlanganidan keyin yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqida yozgandi. Shuningdek, u Kiyev mag‘lubiyatidan so‘ng Ukrainaning parchalanishi ikki yo‘ldan borishini istisno etmadi. Uning fikricha, bu Ukraina davlatchiligining nisbatan sekin yemirilishi yoki uning bir zumda qulashi yo‘li bo‘ladi.
Rossiyaga, Medvedevning ta’kidlashicha, Ukrainaning yo‘q bo‘lib ketishining uchinchi ssenariysi kerak, unda "Ukrainaning markaziy va boshqa ba’zi egasiz hududlari" aholisi Rossiyaga qo‘shiladi va mojaroning o‘zi qayta boshlanmaslik kafolati bilan tugaydi.