Ukraina yana Doneskni o‘qqa tutdi, qurbon bor

Ukraina harbiylari ertalabdan Doneskning Kalinin tumanini o‘qqa tutdi.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlarni qo‘llab, Donesk shahriga zarba berdi. Bu haqda Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazidagi DXR vakolatxonasi xabar berdi.
“Ukraina qurolli guruhlari tomonidan Donesk yo‘nalishi bo‘ylab (Kalinin tumani) o‘qqa tutish qayd etildi, zalp bilan o‘t ochuvchi reaktiv tizimlaridan oltita raketa otilgan”, - deyiladi xabarda.
Keyinroq Ukraina Qurolli kuchlari Donesk bo‘ylab yana beshta raketa bilan zarba bergan. Kalinin tumanida ikkita portlash ham ro‘y bergan.
RIA Novosti muxbiri Kalinin tumani takroran o‘qqa tutilganini xabar berdi. Shevchenko xiyoboni hududida yangi portlashlar eshitilgan.
Donesk meri Aleksey Kulemzinning so‘zlariga ko‘ra, o‘qqa tutish oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

“Dastlabki xabarga ko‘ra, Kalinin tumanining o‘qqa tutilishi oqibatida Pokrov bozori hududidagi ilmiy-tadqiqot instituti binosiga raketa kelib tushgan. Bir kishi halok bo‘ldi”, - deya yozdi Kulemzin o‘zining Telegram-kanalida.

Zarba berilgan vaqtda institut binosida odamlar bo‘lgani aytilmoqda. Kamida ikki kishi yaralangani xabar qilinmoqda.
Donesk yangiliklar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina harbiy jinoyatlari bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazi xodimlari va jurnalist o‘q yomg‘irlari ostida qolgan.