TOShKENT, 26-may — Sputnik. Toshkentda birinchi xalqaro zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi ochildi. Unda 20 dan ortiq mamlakat kompaniyalari ishtirok etmoqda, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Ko‘rgazma ishtirokchilari oltin, kumush, qimmatbaho toshlar va marvaridlardan tayyorlangan mahsulotlarni namoyish etmoqda. Shuningdek, 3D printerda tayyorlangan plastika va oltindan yasalgan zargarlik buyumlari ham bor.
© Sputnik/Anna Jelixovskaya
Ular orasida jahonning yetakchi zargarlik brendlari, xususan, Rossiyadan Kostroma, Sankt-Peterburg va Moskva zargarlari ishtirok etmoqda.
Antiqa zargarlik buyumlari va qo‘l soatlari kolleksiyalari ham mavjud.
Gruziya zargarlari noyob dizayner zargarlik buyumlarini namoyish etmoqdalar.
© Sputnik/Anna Jelixovskaya
Lekin eng diqqatga sazovor eksponatlardan biri bu bezakning Kushonlar podsholigi davridagi aniq nusxasidir. U Dalvarzintepa qadimiy manzilgohida olib borilgan qazishmalar paytida topilgan. O‘zbek ustalari esa uni qayta tiklashdi.
Uning narxi salkam 14 million so‘mni tashkil etadi.
Ko‘rgazma o‘z ishini Yoshlar ijod saroyida 28-may kungacha olib boradi.