O‘zbek-qozoq chegara-bojxona postlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara-bojxona postlari kuchaytirilgan rejimda ishlashda davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara-bojxona postlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda, deya xabar berdi O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.
Avvalroq O‘zbekiston va Qozog‘iston bojxona xizmatlarining ikki tomonlama sayyor uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda o‘zbek-qozoq chegara o‘tkazish punktlarida kuzatilayotgan yuk avtotransport vositalarining tirbandligi masalasiga yechim topish maqsadida qator takliflar kiritildi.

“O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara-bojxona postlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda”, - deyiladi xabarda.

Punkt "Malik" - "Sirdarya"
Qayd etilishicha, kunduzgi vaqtda faoliyat yurituvchi “Malik” (O‘zbekiston) – “Sirdaryo” (Qozog‘iston) o‘tkazish punktini sutkalik rejimga o‘tkazish, harakatlanayotgan haydovchilarning fuqaroligi va transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatga doir cheklovlarni bekor qilish taklif etilgan.
Shuningdek, “Yallama” (O‘zbekiston) – “B.Konisbayev” (Qozog‘iston) chegara-bojxona postlari orqali yuk avtotransport vositalarining o‘tkazuvchanligini sutkasiga 700 tagacha kengaytirish ham taklif etilgan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi 5-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtotransport vositalari orqali tashilayotgan tashqi savdo yuklari 2 baravarga oshgan.