Ilon Maskning kompaniyasi miya chiplarini odamlarda sinab ko‘radi

Maskning "Neuralink" kompaniyasiga miya chiplarini odamlarda sinab ko‘rishga ruxsat berildi. Klinik sinov ishtirokchilari haqida ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning miya chiplari ishlab chiqaruvchi "Neuralink" kompaniyasi insonlarda miya chiplarini sinab ko‘rish uchun ruxsat oldi. Bu haqda RIA Novosti kompaniyaga tayanib xabar berdi.
Kompaniya 2022-yil boshida AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasiga (FDA) bunday sinovlarni o‘tkazish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilgan. Biroq departament kompaniyaning arizasini rad etgan.

"Biz odamlarda klinik sinovlarni boshlash uchun FDA ruxsatini olganimizni e’lon qilishdan mamnunmiz! Bu Neuralink jamoasining FDA bilan yaqin hamkorlikdagi ajoyib ishining natijasidir”, - deyiladi kompaniya xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, bu texnologiya ko‘proq odamlarga yordam berishga imkon beradigan muhim qadamdir.
Klinik sinov ishtirokchilarini ishga olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar tez orada e’lon qilinadi.
Mask avvalroq “Neuralink”ning “inqilobchi miya implantati” falaj yoki ko‘z ojizligi kabi holatlarni yengib o‘tishga yordam berishini aytgan edi.