Mask kutilmaganda bizning yigit bo‘lib chiqdi — Medvedev

Medvedev agar u Maskning o‘rnida bo‘lganida, Amerika konstitutsiyasini o‘zgartirish haqida o‘ylashini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev amerikalik tadbirkor Ilon Maskning o‘rnida bo‘lganida, AQSh konstitutsiyasini o‘zgartirish haqida o‘ylashini aytdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Medvedev Vyetnamga tashrifi chog‘ida jurnalistlar bilan suhbatda “Mask kutilmaganda bizning yigit bo‘lib chiqdi”, dedi.
Maskning AQSh prezidentligiga nomzodini ko‘rsatish imkoniyatini baholashni so‘rab, Medvedev buning uchun AQSh konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish kerakligini ta’kidladi.
"U qila olmaydi, uning "g‘ayritabiiy kelib chiqishi" bor. Ammo men uning o‘rnida bo‘lsam, konstitutsiyani o‘zgartirish kampaniyasini boshlash haqida o‘ylagan bo‘lardim”, — dedi Medvedev.
Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, "SpaceX, Tesla" va "Twitter" kompaniyalari rahbari Ilon Mask 1971-yil 28-iyunda Janubiy Afrika poytaxti - Pretoriyada tug‘ilgan.
AQShda prezidentlik saylovi 2024-yilning noyabriga belgilangan. Donald Tramp 2022-yil noyabrida prezidentlik uchun kurashga kirishishini e’lon qildi. Amaldagi davlat rahbari Jo Bayden ham aprel oyida "boshlagan ishini yakunlash" uchun ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi.