TOShKENT, 25-may – Sputnik. Bugun Olmazor tumanining “Ahil”, “Paxta”, “Yangi Toshkent”, “Beruniy”, “Shodiyona”, “Istiqbol”, “Oltinsoy”, “Bo‘stanobod”, “Tepa Guzar”, “G‘alaba”, “Tabassum”, “Islom ota” hamda “Chuqursoy”mahallalarida soat 10:00 dan 18:00 ga qadar elektr energiyasi bo‘lmaydi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bu vaqtda yuqori kuchlanishli “Sag‘bon” podstansiyasidagi quvvati 25000 kVA bo‘lgan kuch transformatorining 40000 kVA quvvatga almashtirish ishlari olib boriladi. Ushbu jarayonga 40 nafardan ortiq maxsus transport vositalari jalb etiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali yetkazilayotgan noqulayliklar uchun bu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.