TOShKENT, 25-may — Sputnik. Singapur prezidenti Halima Yaqub bugun, 25-may kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi xabar berdi.
© Xokimiyat goroda Samarkanda
Halima Yaqubga Samarqand safarida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Zulayho Mahkamova hamrohlik qilmoqda.
© Xokimiyat goroda Samarkanda
Singapur prezidenti Samarqandga “Afrosiyob” poyezdida bordi. Oliy martabali mehmonni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.
Halima Yaqub O‘zbekiston yetakchisining taklifiga binoan davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turibdi.