TOShKENT, 25-may — Sputnik. Vashington mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarish uchun Afg‘onistondagi noqonuniy qurolli guruhlar salohiyatidan foydalanish niyatida. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Minskdagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Yana bir beqarorlik o‘chog‘i Afg‘oniston bo‘lib qolmoqda. Asosiy tahdid bu mamlakatda hokimiyat tepasiga toliblar* islom harakati kelgandan so‘ng o‘z mavqelarini sezilarli mustahkamlab olgan noqonuniy qurolli guruhlardan kelib chiqmoqda. Hisoblaymizki, AQSh mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun bu terrorchi tashkilotlar salohiyatidan foydalanish niyatida”, -dedi Shoygu.
Rossiya mudofaa vazirining ta’kidlashicha, shu maqsadda nazorat ostidagi guruh jangarilarini Yaqin Sharqdan Afg‘onistonga yuborish tashkil etilgan.
“Keyinchalik ular qo‘shni mamlakatlarga, xususan, terrorchilik aktlarini sodir etish uchun kirishi mumkin”, - dedi u.
“Bunday sharoitlarda afg‘on yo‘nalishida say’-harakatlarni muvofiqlashtirish, ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama formatlardagi qo‘shma mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratmoq zarur deb hisoblaymiz”, - deya qo‘shimcha qildi Rossiya vaziri.
Shuningdek, Shoygu NATO mamlakatlari Afg‘onistondan shoshilinch ketgandan keyin uni qayta tiklash o‘rniga turli usullar bilan Markaziy Osiyo mintaqasida harbiy jihatdan bo‘lishga urinayotganini ta’kidladi.
“Buni mintaqa va umuman KXShT hududidagi bevosita barqarorlik tahdidi sifatida ko‘ramiz”, - dedi u.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot a’zolari